BeeCRM Hujjatlar

Kirish

Bot, sayt yoki formadan BeeCRM'ga lid yuborish.

BeeCRM API'si tashqi tizimdan kelgan murojaatni lidga aylantiradi: odam botga yozdi, saytda forma to'ldirdi yoki reklama orqali keldi — lid shu zahoti operatorlar kanbanida paydo bo'ladi. Bosqich, mas'ul xodim va teglar BeeCRM sozlamalaridan olinadi, sizning kodingiz faqat odam haqidagi ma'lumotni yuboradi.

Ulanish kalitini oling

Kalitni workspace egasi BeeCRM'da chiqaradi. Ulanish kaliti

Lid yuboring

POST /api/integrations/v1/leads/ — ism, telefon va manba kodi bilan. Lid yuborish

Keyingi javoblarni yuboring

Odam keyinroq bergan javoblar (video ko'rdi, kursni tanladi) lidning maydonlariga yoziladi. Javoblar

Asosiy qoidalar

  • Manzil: https://api.beecrm.uz. Har bir so'rovda Authorization: Bearer <ulanish kaliti>.
  • Har bir hodisaga o'zgarmas event_id bering. Tarmoq xatosidan keyin aynan shu event_id bilan qayta yuboring: lid ikki marta yaratilmaydi.
  • Odamni external_contact_id bilan belgilang (masalan, telegram:<user_id>), keyingi javoblar shu orqali topiladi.

AI yordamchi bilan ulash

Botni ChatGPT, Claude, Cursor yoki boshqa AI yordamida yozayotgan bo'lsangiz, unga butun hujjatni bering: tugmani bosing va matnni AI chatga joylang.

Har bir sahifa tepasida ham "Markdown nusxalash" va AI'da ochish tugmalari bor. AI agentlar uchun manzillar:

  • https://docs.beecrm.uz/llms.txt — sahifalar ro'yxati;
  • https://docs.beecrm.uz/llms-full.txt — butun hujjat bitta matnda;
  • https://docs.beecrm.uz/docs/leads.md — istalgan sahifa Markdown'da (manzil oxiriga .md);
  • https://docs.beecrm.uz/openapi.json — OpenAPI spetsifikatsiyasi.

Eski API o'chiriladi

/api/bots/api/... manzillari va X-Bot-API-Key sarlavhasi eskirgan va har bir ulanish uchun alohida o'chiriladi. Botingiz hali ularni ishlatsa, Eski API'dan o'tish sahifasini o'qing.

Ushbu sahifada