BeeCRM Hujjatlar

Xatolar va qayta yuborish

Har bir javob kodi nimani bildiradi va nima qilish kerak.

Xato javobi JSON: {"detail": "..."} yoki maydon xatolari {"maydon": ["..."]}.

KodMa'nosiNima qilish kerak
200, 201Qabul qilindi—
400Maydon xatosiSo'rovni tuzating; o'zgarmagan holda qayta yubormang.
401Kalit noto'g'ri yoki bekor qilinganYangi kalit so'rang.
403Kalitda bu amalga ruxsat yo'qBeeCRM jamoasiga yozing.
404Javob uchun lid topilmadiAvval lidni yuboring, keyin shu event_id bilan qayta yuboring.
409Shu event_id boshqa ma'lumot bilan kelgan, yoki ulanishning bosqichi sozlanmagan (detailga qarang)Har bir yangi hodisaga yangi event_id. Sozlama xatosida BeeCRM jamoasiga yozing va keyin shu event_id bilan qayta yuboring.
429Juda ko'p so'rovRetry-After sarlavhasidagi soniyadan keyin qayta yuboring.
5xxServer xatosiShu event_id bilan keyinroq qayta yuboring.

Qayta yuborish tartibi

  1. 5xx, 429 yoki tarmoq xatosida so'rovni navbatga qo'ying.
  2. Oraliqni oshirib qayta yuboring (masalan, 5 s, 30 s, 2 daqiqa, 10 daqiqa).
  3. Har safar o'sha tana va o'sha event_id: BeeCRM takrorni tanib, ikkinchi lid yaratmaydi.
  4. 400, 401, 403 va payload farqi bilan kelgan 409 qayta yuborish bilan tuzalmaydi: bularni log'ga yozing va tuzating.

Ushbu sahifada