BeeCRM Hujjatlar

Ulanish kaliti

Kalitni qayerdan olish, qanday saqlash va yuborish.

Har bir ulanishning (bot, sayt, forma) o'z kaliti bor. Kalit faqat shu ulanish orqali lid va javob yuborishga ruxsat beradi: u bilan lidlarni o'qib yoki boshqa ma'lumotni ko'rib bo'lmaydi.

Kalitni olish

Workspace egasi yoki administratori BeeCRM'da: Sozlamalar → Integratsiyalar → ulanish → "Kalitni yangilash".

Kalit faqat bir marta ko'rsatiladi. Uni maxfiy sozlamada (environment variable) saqlang, kodga yoki Git'ga yozmang.

Bot eski API'da ishlayotgan bo'lsa

"Kalitni yangilash" eski kalitni darhol to'xtatadi. Buning o'rniga BeeCRM jamoasidan qo'shimcha kalit so'rang: eski kalit o'tish tugaguncha ishlab turadi. Batafsil: Eski API'dan o'tish.

Kalitni yuborish

POST /api/integrations/v1/leads/ HTTP/1.1
Host: api.beecrm.uz
Authorization: Bearer <ulanish kaliti>
Content-Type: application/json

Kalit noto'g'ri yoki bekor qilingan bo'lsa, javob 401 bo'ladi. Kalit sizib chiqqan deb o'ylasangiz, egasidan uni yangilashni so'rang: eski kalit shu zahoti ishlamay qoladi.

Ushbu sahifada