Eski API'dan o'tish
X-Bot-API-Key bilan ishlaydigan botni yangi API'ga ko'chirish.
/api/bots/api/... manzillari va X-Bot-API-Key sarlavhasi eskirgan. Ular har bir ulanish
uchun alohida o'chiriladi; o'chirilgandan keyin eski kalit bilan har bir so'rov 403 qaytaradi.
Tartib
Qo'shimcha kalit so'rang
BeeCRM jamoasidan shu ulanish uchun qo'shimcha kalit so'rang. "Kalitni yangilash"ni o'zingiz bosmang: u eski kalitni darhol to'xtatadi. Qo'shimcha kalit bilan eski kalit o'tish tugaguncha ishlab turadi, eski lidlar esa ulanishga bog'lab qo'yiladi.
Botni yangi API'ga o'tkazing
Quyidagi jadval bo'yicha har bir eski so'rovni almashtiring va sinab ko'ring.
BeeCRM jamoasiga xabar bering
Bot yangi API'da ishlayotganini aytsangiz, eski kalit o'chiriladi.
Eski so'rov o'rniga nima
Eski (X-Bot-API-Key) | Yangi (Authorization: Bearer) |
|---|---|
POST /api/bots/api/leads/ | POST /api/integrations/v1/leads/ — event_id va external_contact_id bilan. Lid yuborish |
PATCH yoki PUT /api/bots/api/leads/{id}/ (teg yoki ma'lumot qo'shish) | POST /api/integrations/v1/leads/answers/. Javoblar |
POST /api/bots/api/tags/create/, tag_ids | Kerak emas: teglar ulanish sozlamasidan, faktlar answers orqali maydonga yoziladi. |
stage, assigned_to, source | Kerak emas: BeeCRM qoidalari belgilaydi. Manba kodi — metadata.source_key. |
GET boards, statuses, groups, tags, leads, info | Kerak emas: bot BeeCRM'dan o'qimaydi. |
move, comments, payments, DELETE | Yangi API'da yo'q. Botingizga kerak bo'lsa, BeeCRM jamoasiga yozing. |
Asosiy farqlar
- Lid id'si o'rniga odamning identifikatori. Eski API'da bot BeeCRM lid id'sini saqlab,
keyin shu id bilan lidni o'zgartirardi. Yangi API'da bot o'zidagi doimiy identifikatorni
(
external_contact_id, masalantelegram:<user_id>) yuboradi, BeeCRM lidni o'zi topadi. - Teglar o'rniga maydonlar. "Video ko'rdi" kabi faktlar teg bo'lib emas, lidning maydoniga yoziladi: operator ularni ko'radi, filtrlaydi va hisoblaydi.
- Takror yuborish xavfsiz. Har bir hodisaning
event_id'si bor; bir xil so'rovni qayta yuborish ikkinchi lid yaratmaydi.