BeeCRM Hujjatlar

Javoblar

POST /api/integrations/v1/leads/answers/ — lid haqidagi keyingi ma'lumotni yuborish.

Odam botda keyinroq javob bersa (video ko'rdi, noutbuki bor, kursni tanladi), bu ma'lumot teg emas, lidning maydoniga yoziladi. Operator uni kartochkada ko'radi va unga qarab filtrlaydi.

curl -X POST https://api.beecrm.uz/api/integrations/v1/leads/answers/ \
  -H "Authorization: Bearer $BEECRM_TOKEN" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{
    "event_id": "tg:video:42:1",
    "external_contact_id": "telegram:42",
    "answers": {"video_watched": true, "laptop": "yes"}
  }'

Javoblarni lid yuborishning o'zida ham berish mumkin: answers maydonini o'sha so'rovga qo'shing.

Kalitlar qaysi maydonga yoziladi

answers kalitlari — sizning o'z nomlaringiz (video_watched, laptop). Har bir kalit qaysi BeeCRM maydoniga yozilishini workspace egasi ulanish sozlamasida belgilaydi; tanlov maydonlari uchun qiymatlar ham moslashtiriladi ("yes" → "Bor"). Maydon identifikatorlarini yubormang.

Yangi kalit qo'shsangiz, uni BeeCRM jamoasiga yoki workspace egasiga ayting. Ungacha u yo'qolmaydi: javobda unmapped ro'yxatida qaytadi va saqlab qo'yiladi.

Javob

{
  "lead_id": "6f1c…",
  "contact_id": "a03e…",
  "replayed": false,
  "deleted": false,
  "answers": {
    "written": ["video_watched"],
    "unchanged": [],
    "kept_existing": ["laptop"],
    "unmapped": [],
    "invalid": []
  }
}
Ro'yxatMa'nosi
writtenMaydonga yozildi.
unchangedQiymat avvalgidek edi.
kept_existingMaydondagi qiymat boshqa manbadan (xodim, import, avtomatlashtirish, boshqa ulanish) kelgan, u saqlab qolindi.
unmappedBu kalit hali hech qaysi maydonga bog'lanmagan; javob saqlandi.
invalidQiymat maydon turiga mos emas (key va error bilan); javob saqlandi.

Sozlanmagan kalit yoki noto'g'ri qiymat so'rovni buzmaydi: boshqa javoblar yoziladi.

Qoidalar

  • Mavjud qiymat ustun. Odatda ulanish faqat bo'sh maydonni to'ldiradi yoki o'zi avval yozgan qiymatni yangilaydi. Xodim, import, avtomatlashtirish yoki boshqa ulanish yozgan qiymat saqlab qolinadi (kept_existing). Faqat workspace egasi shu maydon uchun "ulanish ustun" deb sozlasa, ustidan yoziladi.
  • Lid hali yo'q bo'lsa — 404. Avval lidni yuboring, keyin aynan shu event_id bilan javobni qayta yuboring.
  • Har bir o'zgarishga yangi event_id. Masalan, tg:video:<user_id>:<n>.
  • Javoblar bosqichni, mas'ulni va teglarni o'zgartirmaydi.
  • Eski API orqali yaratilgan lidlar ham topiladi: BeeCRM jamoasi qo'shimcha kalit berayotganda ularni ulanishga bog'lab qo'yadi. Eski lid uchun 404 kelsa, bizga yozing.

Ushbu sahifada