Kirish
Bot, sayt yoki formadan BeeCRM'ga lid yuborish.
BeeCRM API'si tashqi tizimdan kelgan murojaatni lidga aylantiradi: odam botga yozdi, saytda forma to'ldirdi yoki reklama orqali keldi — lid shu zahoti operatorlar kanbanida paydo bo'ladi. Bosqich, mas'ul xodim va teglar BeeCRM sozlamalaridan olinadi, sizning kodingiz faqat odam haqidagi ma'lumotni yuboradi.
Ulanish kalitini oling
Kalitni workspace egasi BeeCRM'da chiqaradi. Ulanish kaliti
Lid yuboring
POST /api/integrations/v1/leads/ — ism, telefon va manba kodi bilan. Lid yuborish
Keyingi javoblarni yuboring
Odam keyinroq bergan javoblar (video ko'rdi, kursni tanladi) lidning maydonlariga yoziladi. Javoblar
Asosiy qoidalar
- Manzil:
https://api.beecrm.uz. Har bir so'rovdaAuthorization: Bearer <ulanish kaliti>. - Har bir hodisaga o'zgarmas
event_idbering. Tarmoq xatosidan keyin aynan shuevent_idbilan qayta yuboring: lid ikki marta yaratilmaydi. - Odamni
external_contact_idbilan belgilang (masalan,telegram:<user_id>), keyingi javoblar shu orqali topiladi.
AI yordamchi bilan ulash
Botni ChatGPT, Claude, Cursor yoki boshqa AI yordamida yozayotgan bo'lsangiz, unga butun hujjatni bering: tugmani bosing va matnni AI chatga joylang.
Har bir sahifa tepasida ham "Markdown nusxalash" va AI'da ochish tugmalari bor. AI agentlar uchun manzillar:
https://docs.beecrm.uz/llms.txt— sahifalar ro'yxati;https://docs.beecrm.uz/llms-full.txt— butun hujjat bitta matnda;https://docs.beecrm.uz/docs/leads.md— istalgan sahifa Markdown'da (manzil oxiriga.md);https://docs.beecrm.uz/openapi.json— OpenAPI spetsifikatsiyasi.
Eski API o'chiriladi
/api/bots/api/... manzillari va X-Bot-API-Key sarlavhasi eskirgan va har bir ulanish
uchun alohida o'chiriladi. Botingiz hali ularni ishlatsa, Eski API'dan o'tish
sahifasini o'qing.